Главная » 2018 » Сентябрь » 1 » “Baron 2” filmida Ulug‘bek Qodirov va Javohir Zokirov rol ijro etmaydi
12:29

“Baron 2” filmida Ulug‘bek Qodirov va Javohir Zokirov rol ijro etmaydi


“Baron 2” filmining suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan rejissor Rustam Sa’diyev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Rejissor intervyu davomida “Baron” filmida asosiy rollarni ijro etgan Ulug‘bek Qodirov hamda Javohir Zokirov “Baron 2” filmida rol ijro etmasligi va buning sabablari haqida gapirib berdi.

“Baron 2” filmida ham Farhod Mahmudov bosh rolni ijro etadi. Bundan tashqari Dilnoza Kubayeva, Shahzoda Matchonova, Alixan singari aktyor va aktrisalar filmda rol ijro etishadi. Aktyorlar Ulug‘bek Qodirov hamda Javohir Zokirov “Baron 2” filmida ko‘zda tutilmagan, sababi oldingi filmda syujet bo‘yicha ularning ishtiroki tugab bo‘lgan. “Baron 2” filmida buning hammasi oqlangan. Bir filmda bitta voqelik bo‘lsa, ikkinchi filmda boshqa voqelik bo‘ladi. Ya’ni birinchi voqelikdagi aktyor-aktrisalarning aksariyati ikkinchi filmda ishtirok etmaydi. Lekin asosiy qahramon bo‘lgani uchun, uning atrofidagilar albatta ishtirok etadi. Ya’ni asosiy qahramonning oilasi, misol uchun aktrisa Dilnoza Kubayeva timsolida filmda rol ijro etishadi.

Rustam Sa’diyev, rejissor

Baron filmi uch qismdan iborat bo‘ladi.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Ulug‘bek Qodirov, rol ijro etmaydi, Baron, Baron 2, Javohir Zokirov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя