Главная » 2021 » Август » 23 » «Baron» rahbarlik lavozimiga tayinlandi
11:46

«Baron» rahbarlik lavozimiga tayinlandi


«Baron» filmida bosh rollardan birini ijro etgan aktyor Isoq To‘rayev Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar tarqatdi.

Aytilishicha, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev bugun, 23 avgust kuni bo‘lib o‘tgan apparat yig‘ilishida Madaniyat vazirligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i Salim Sayimovni o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan qaragani uchun ishdan olgan.

«Boshqarma boshlig‘ini bir necha marotaba ogohlantirgandim, kamchiliklarini qayta-qayta eslatdim. Ammo xulosa qilmadi. To‘qsoninchi yillarda Qarshi shahri madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan. Konsert dasturlari va ijodiy kechalar o‘tkazishda Qarshining, Qashqadaryoning o‘z tajribasi bor. Qani o‘sha mas’uliyat? Nega bor imkoniyatdan foydalana olmaymiz», — degan viloyat rahbari hududiy boshqarma boshlig‘i Salim Sayimovning mas’uliyatsizligi haqida gapirar ekan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: lavozimiga, Rahbarlik, Baron, tayinlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя