Главная » 2020 » Ноябрь » 21 » «Barsa» muxlislari Grizmanning mashinasiga hujum qilishdi
12:52

«Barsa» muxlislari Grizmanning mashinasiga hujum qilishdi


«Barselona» muxlislari Kataloniya klubining bazasidan chiqib ketayotgan hujumchi Antuan Grizmannga baqirib, uning mashinasiga hujum qilishdi.

Muxlislar fransiyalik futbolchiga «Messini hurmat qil!» deya baqirishdi va unga mashinasini haydashiga xalaqit berishdi. Hujumchi bunga hech qanday munosabat bildirmadi va ketib qoldi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Grizmanning sobiq agenti Erik Olats Messi va jamoaning boshqa yetakchilari Antuanni iliq kutib olishmagani, unga klubga moslashishda xalaqit berishgani haqida gapirdi. Bunga javoban Lionel «Barsa»dagi hamma muammolarga sababchi bo‘lishdan charchadim», dedi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: muxlislari, hujum qilishdi, Grizmanning mashinasiga, Barsa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя