Главная » 2020 » Декабрь » 6 » “Barselona” 33 yillik antirekordini yangiladi
11:27

“Barselona” 33 yillik antirekordini yangiladi


Ispaniya chempionatining 12-turining navbatdagi o‘yinida “Barselona” sensatsion tarzda “Kadis” jamoasiga yutqazdi.

Uchrashuv Kadis shahridagi "Ramon de Karransa" stadionida bo‘lib o‘tdi va mezbonlarning minimal 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

“OptaJose” xabariga ko‘ra, 2020/21 yilgi mavsumning boshlanishi “Barselona”ning so‘nggi 33 yildagi eng yomon starti bo‘lgan.

Ispaniya La Ligasida ushbu mavsum “Barselona” hisobida 14 ochko bor. 1987/88 yilgi mavsumning shu davrida klub hisobida 13 ochko bo‘lgan edi.

Ayni paytda "Atletiko Madrid" La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Barselona, yangiladi, antirekordini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя