Главная » 2020 » Август » 30 » «Barselona» Messi bilan xayrlashishga rozi bo‘ldi
14:03

«Barselona» Messi bilan xayrlashishga rozi bo‘ldi


Kataloniyaning «Barselona» jamoasi hujumchi Lionel Messini Angliyaning «Manchester Siti» klubiga sotishga rozi bo‘ldi. Bu haqda «The Mirror» xabar bergan.

Nashrning Ispaniyadagi manbalariga ko‘ra, hozir gap 250 million funt sterling (280 million yevro) haqida bormoqda. Bunday vaziyatda «shaharliklar» to‘lovga qo‘shimcha sifatida himoyachi Erik Garsiyani berishiga to‘g‘ri keladi. Jon Stouns, Nikolas Otamendi, Benjamin Mendi, Juan Kanselu, Aleksandr Zinchenko va Anxelinoni sotish esa muqobil variant sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Gazetaning ta’kidlashicha, ikkala klub ham Messi karerasini «Siti»da davom ettirishiga ishonadi. Xususan, ko‘k-anorranglilar bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoani Messisiz qayta tuzishga tayyorlanayotganini allaqachon do‘stlariga ma’lum qilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: xayrlashishga, rozi bo‘ldi, messi, «Barselona» | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя