Главная » 2017 » Август » 26 » “Barselona”: Neymardan ayrilib, Dembeleni sotib oldi
12:51

“Barselona”: Neymardan ayrilib, Dembeleni sotib oldi


Kataloniyaning “Barselona” klubi uzoq muddatli muzokaralardan so‘ng Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Usmon Dembele nomzodi yuzasidan ma’lum kelishuvga erishdi. Bu haqda klubning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, Dembelening ishtiroki kataloniyaliklar uchun 105 million yevroga tushadi. “Barselona” yana taxminan 30 million yevro miqdoridagi mablag‘ni bonus sifatida uchga bo‘lib to‘lashi ham mumkin.

Fransiyalik futbolchi va “Barselona” klubi o‘rtasidagi shartnoma 2022 yilgacha o‘z kuchida bo‘lishi mo‘ljallangan. Uning shartnomasidagi pul mablag‘i 400 million yevroni tashkil qiladi. Dembele yangi jamoasida Neymar harakat qilgan “11” raqamida to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, Usmon Dembele dastlabki faoliyatini “Madlen Evryo” yoshlar jamoasida boshlagan. Professional futboldagi ilk qadamlari esa “Renn” klubi faoliyati bilan bog‘liq.

2015/16 yillar mavsumida Fransiya chempionatida o‘zini har tomonlama ko‘rsata olgan Usmon “Renn”dagi bir yillik faoliyatidan so‘ng, ya’ni 2016 yilda “Borussiya” klubiga ko‘chib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” kuni kecha 222 million yevro evaziga braziliyalik hujumchi Neymarni “PSJ” klubiga sotib yuborgandi.

Shuningdek, kataloniyaliklar Xitoyning “Guanjou Evergrand” klubi yarim himoyachisi Paulinoni sotib olishgandi.

Akmalxon Eshonxonov

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Ayrilib, sotib, oldi, “Barselona”: Neymardan, Dembeleni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя