Главная » 2017 » Август » 23 » “Barselona” Neymarni sudga berdi
10:54

“Barselona” Neymarni sudga berdi


Kataloniyaning “Barselona” klubi braziliyalik hujumchi Neymarni sudga berdi. Bu haqda “Barselona” matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, “Barselona” Neymardan shartnoma shartlarini buzgani uchun 8,5 million yevro miqdorda pul ta’lab qilmoqda. Agar Neymar yuqorida ko‘rsatilgan summani to‘lamaydigan bo‘lsa, uning o‘rniga futbolchining hozirgi jamoasi PSJ to‘lab berishi kerak bo‘ladi.

“Barselona” Neymarni bekorga sudga bermadi. Biz ushbu ishni o‘z manfaatlarimizni himoya qilish uchun amalga oshirmoqdamiz. Neymar “Barselona” bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirgandan so‘ng, unda ko‘rsatilgan shartlarni chetlab o‘tgan. Mazkur jarayon Neymarning o‘zi bilan muhokama qilinmasdan o‘tkaziladi”, - deyiladi “Barselona” rasmiy saytidagi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 3 avgust kuni “Barselona”dan PSJga 222 million yevro evaziga o‘tib, dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylangandi.

Akmalxon Eshonxonov

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Neymarni, berdi, sudga, “Barselona” | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя