Главная » 2017 » Август » 19 » Barselonadagi teraktda ishtirok etganlikda gumonlangan 4 kishining bari yo‘q qilindi
13:56

Barselonadagi teraktda ishtirok etganlikda gumonlangan 4 kishining bari yo‘q qilindi


Barselonadagi teraktda ishtirok etganlikda gumonlangan to‘rt kishining barchasi yo‘q qilindi. Bu haqda El Pais gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, uch nafar gumonlanuvchi — Muso Ukabir, Said A’la va Muhammad Hichamiy Kambrils shahrida payshanbadan jumaga o‘tar kechasi o‘tkazilgan operatsiyada yo‘q qilingan. To‘rtinchi gumonlanuvchi Yunus Abuyoqub ham o‘ldirilgan.

17-avgust kuni Barselonaning Rambla ko‘chasida furgon haydovchisi mashinani olomon ustiga bosib borgan. Terakt bo‘yicha tergov doirasida to‘rt kishi qo‘lga olingan. Hujum oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 130 dan ortiq kishi jabrlangan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: bari yo‘q qilindi, 4 kishi, terakt, gumonlangan, ishtirok etganlik, Barselona | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя