Главная » 2018 » Апрель » 16 » Bashorat: Siz uchun muhim va omadli hafta!
12:48
Bashorat: Siz uchun muhim va omadli hafta!

Hamal

Ko‘pgina muhim yumushlar bilan shug‘ullanasiz. Omad siz tomonda bo‘ladi, har bir ishda osongina g‘alaba qozonasiz. Faqat ba’zi kamchiliklaringizni tuzatishingizga to‘g‘ri keladi. Haftaning ikkinchi yarmida ishlarni biroz chetga surib, tanaffus qilishingizni maslahat beramiz. Axir, hayot faqat ishdan iborat emas. O‘z vaqtida dam olishni ham unutmang.

Savr

Bu hafta ko‘pdan beri rejalashtirib yurgan xaridlaringizni amalga oshirasiz. Bundan o‘zingiz ham, yaqinlaringiz ham xursand bo‘lishadi. Faqat ortiqcha xarajatga yo‘l qo‘ymang. Aks holda, moddiy tomonlama qiynalib qolishingiz mumkin.

Haftaning ikkinchi yarmida ijodiy safarga chiqishingiz kutilmoqda. Dam olish kunlarini do‘stlar davrasida o‘tkazib, xursand bo‘lasiz.

Javzo

Muhim shartnomalar imzolaysiz. Natijada, moddiy ahvolingiz ancha yaxshilanadi. Ishda hamkasblar bilan munosabatlar biroz taranglashishi mumkin. Shuning uchun yulduzlar ehtiyot bo‘lishni maslahat berayapti.

Sog‘ligingizga bee’tibor bo‘lmang. Nafas yo‘llari va qon tomirlari bilan bog‘liq muammolar bezovta qilishi mumkin. Shifokorga murojaat qilsangiz zarar qilmaysiz.

Saraton

Bu hafta boshlab qo‘ygan ishlaringizni yakuniga yetkazasiz. Yangi g‘oya va takliflaringiz bajonidil qabul qilinadi. Hamkorlar professional qobiliyatingizni ko‘rib, yangi ish taklif etishi mumkin. Qaror qabul qilishda shoshmashosharlikka yo‘l qo‘ymang. Yaqinlaringizdan maslahat so‘rang.

Dam olish kunlari eski qadrdonlaringiz tashrifidan boshingiz ko‘kka yetadi.

Asad

Ko‘plab tadbirlarda ishtirok etasiz. Yangi hamkorlar bilan tanishib, shartnomalar imzolaysiz. Ishtiyoqingizni so‘ndirmay, faqat olg‘a harakat qiling. Shunda omad siz tomonda bo‘ladi. Ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadigan «asad»lar ko‘plab shou-tadbirlar uyushtiradi. Natijada moddiy holatini ham ancha yaxshilab oladi. Dam olish kunlarini oilangiz bilan birga o‘tkazing.

Sunbula

Moliyaviy ahvolingiz yaxshilanadi. Ko‘p yaxshi xaridlar qilasiz. Hamkasblaringiz bilan jamoat ishlarida faol ishtirok etasiz. Rahbariyat ham sizning takliflaringizni jon deb qo‘llab-quvvatlaydi.

Salomatligingizga jiddiy ahamiyat bering. Immunitetni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarziga o‘tish uchun qulay fursat. Ochiq havoda sayr qilish yanada g‘ayratingizni oshirib, kayfiyatingizni ko‘taradi.

Mezon

Har bir ishda xolis va adolatli bo‘ling. O‘zingizga juda yuqori baho bermang. Bu sizning zararingizga ishlashi, ba’zi ko‘ngilsizliklar ro‘y berishi mumkin.

Yaqinlaringiz va do‘stlaringizning taklifini rad etmang. Ular sizga chin dildan, xolis yordam bermoqchi. Hafta so‘ngida mehnatlaringiz munosib rag‘batlantiriladi. Bundan, albatta, xursand bo‘lasiz.

Aqrab

Do‘st va yaqinlar bilan hamkorlik qilishingiz muhim ahamiyatga ega. Ikkilanmasdan, ishonch bilan dadil harakat qiling. Ana shunda mo‘may daromadga ega bo‘lib, oila byudjetingiznimustahkamlaysiz. Aks holda, muammolarga duch kelishingiz mumkin.

Haftaning ikkinchi yarmida uzoq safarga chiqmaganingiz ma’qul. Boshlab qo‘ygan ishlaringizni nihoyasiga yetkazing. Shunda dam olish kunlarini xotirjam o‘tkazasiz.

Qavs

Bu hafta salomatligingizni yaxshilash uchun qulay fursatdir. Agar oyoq va bo‘g‘imlar bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, profilaktika choralarini ko‘ring. Yana vahima qilib, shifokor qabuliga shoshilmang. Uyda o‘zingizga mos sharoitda, xalqona muolajalarni amalga oshirsangiz kifoya.

Payshanba — xaridlar uchun qulay kun. Faqat hushyor bo‘ling, yana sotuvchilar makriga uchramang.

Jadiy

Jamiyatda o‘z o‘rningizni topish uchun faol harakatda bo‘ling. Yetakchilik qilish siz uchun juda muhim. Kasbiy mahoratingizni oshirib, yangi g‘oya va takliflarni amaliyotga joriy etasiz. Mehnatsevarligingiz bilan jamoada obro‘ qozonasiz. Lekin bu boshlig‘ingizga unchalik ham yoqmasligi mumkin. Bunga jiddiy e’tibor bermasangiz yutasiz. Shanba va yakshanbani oila davrasida o‘tkazing.

Dalv

Bu hafta sizga tashqi muhit kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Hech kim qo‘llab-quvvatlamasligi mumkin. O‘ylab, asabingizni buzmang. Barchasi o‘tkinchi, ko‘pga cho‘zilmaydi. O‘zingizga ishonib, faol harakat qilsangiz, hammasi navbati bilan o‘z iziga tushadi. Aks holda, biznes hamkorlar bilan muammolarga duch kelib, moliyaviy vaziyatingiz yomonlashishi mumkin. Dam olish kunlari yaqinlaringizdan xabar oling.

Hut

Biznes hamkorlaringiz bilan uzoq muddatli muhim shartnomalarni imzolaysiz. Natijada, moliyaviy holatingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Butun vujudingiz bilan ishga sho‘ng‘imay, sog‘ligingizga ham e’tibor bering. Surunkali kasalliklar bosh ko‘tarishi mumkin. Ortga surmay o‘z vaqtida shifokorga murojaat eting. Dam olish kunlari miriqib hordiq chiqaring. Yaxshi dam olib, kuch-quvvatga to‘lishingiz juda muhim.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | Просмотров: 399 | Добавил: ADMIN | Теги: omadli hafta, siz uchun, muhim, Bashorat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |