Главная » 2017 » Июнь » 26 » Bastakor va xonanda Meladze o‘g‘rimi?
18:07

Bastakor va xonanda Meladze o‘g‘rimi?


Mashhur bastakor Konstantin Meladze plagiatlikda ayblanib, ishi sudga topshirildi.

Xonanda Polina Gagarinaning muxlislar orasida xit bo‘lgan “Spektakl tugadi” qo‘shig‘i aslida Konstantin Meladzega emas, Dmitriy Tretyakovga tegishli. Aprel oyida u Femida xizmatchilariga shu masala bo‘yicha da’vo arizasi topshirgan. Sudlanuvchi sifatida Konstantin Meladze ko‘rsatilib, Rossiya mualliflik jamiyatiga ham murojaat qilingan.

Ammo may oyining so‘ngida Moskvadagi Presnenskiy sudi da’voni ko‘rib chiqishni rad qildi. Qonunga asoslanib, da’vo arizasi bir qancha sabablarga ko‘ra ko‘rib chiqilmagan.

Eng qizig‘i, Polina Gagarinaning bu qo‘shig‘i 2012 yilda muxlislar e’tiboriga havola etilgan va biroz vaqt o‘tgach, qo‘shiqqa klip ishlangan. Oradan 5 yil o‘tganiga qaramay, Dmitriyning qo‘shiq muallifligini da’vo qilishi juda g‘alati.

Nigina Hakimova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Xonanda, Meladze, bastakor, O‘g‘ri | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя