Главная » 2020 » Июль » 7 » Baxtli tasodif tufayli kino olamiga qadam qo‘ygan Bollivud yulduzlari (foto)
12:50

Baxtli tasodif tufayli kino olamiga qadam qo‘ygan Bollivud yulduzlari (foto)


Ba’zan tasodifiy uchrashuv va tanishuvlar inson hayotini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Bugun millionlab muxlislarga ega Bollivud aktyorlari ham qachondir baxtli tasodif tufayli kino olamiga qadam qo‘ygan.

Shohrux Xon

Bollivud qiroli Shohrux Xon aslida sportchi bo‘lishni istagan. Lekin teatrga bo‘lgan mehri uni seriallarga yetaklagan va shundan keyin Bollivuddagi debyut rolini ijro qilgan.

Pariniti Chopra

Priyanka Chopra bilan qarindosh bo‘lgan Pariniti ham filmda rol ijro qilish va diqqat markazida bo‘lishni istamagan. U bankda faoliyat yuritishni xohlagan, ammo 2009-yildagi inqirozdan keyin orzulari chippakka aylangan. Shundan keyin Yash Raj Films kompaniyasida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha konsultant sifatida faoliyatini boshlagan va oqibatda uchta film uchun shartnoma imzolagan.

Amir Xon

Amir Xon ham aktyor bo‘lishni rejalashtirmagan, film suratga olishni istagan. Ammo taqdir taqozosi bilan “Hukm” melodrammasidan keyin bir kechada yulduzga aylangan.

Karina Kapur

Karina Kapur aslida advokat bo‘lishni istagan, lekin oila a’zolarining ta’siri sababmi, o‘zini kinoda sinab ko‘rishga qaror qilgan. Turmush o‘rtog‘i Saif Ali Xon bo‘lsa, otasi kabi kriket bilan shug‘ullanishni istagan. Lekin aktrisa onasining geni kuchlilik qilgan chog‘i, u ham aktyorlikka qadam qo‘ygan.

Bipasha Basu

Bipasha hech qachon aktrisa bo‘lishni istamagan. Model sifatida faoliyat boshlagan Basuga to‘satdan suratga tushish taklifi kelib tushadi va shundan keyin hammasi boshlanadi.

Farxan Axtar

Farxan Axtar ham avvaliga rejissor sifatida faoliyat yuritgan va to‘satdan aktyorlik keryerasi boshlanib ketgan.

Sonam Kapur

Sonam Kapur, rejissor Sandjay Lilaning yordamchisi sifatida faoliyat boshlagan va aktrisalik qilishni xayoliga ham keltirmagan. Sandjayning iltimosiga ko‘ra suratga tushganidan keyin esa ertasi kuni mashhur bo‘lib uyg‘ongan.

Rekha

Bir qator mahoratli rollari bilan hind kinosanoatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Rekha, aktrisalik qilish haqida o‘ylab ham ko‘rmaganini ta’kidlagan.

Boman Irani

Boman Irani avvaliga Mumbaydagi Taj mehmonxonasida xizmat ko‘rsatuvchi bo‘lib ishlagan. Keyin novvoylik va fotografiya bilan shug‘ullangan. Alal oqibat esa aktyor bo‘lgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: qadam qo‘ygan, kino olamiga, Baxtli tasodif tufayli, Bollivud yulduzlari, (Foto) | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя