Главная » 2021 » Ноябрь » 3 » Bayden AQShning Xitoy bilan munosabatlarini “raqobat” deb atadi
18:08

Bayden AQShning Xitoy bilan munosabatlarini “raqobat” deb atadi


AQSh prezidenti Jo Bayden Xitoy raisi Si Szinpin bilan bo‘lib o‘tadigan kelajakdagi muzokaralarda Vashington Pekin bilan ziddiyat qo‘zg‘atmoqchi emas, balki raqobat olib borayotganiga oydinlik kiritish niyatida ekanini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

“U bilan (Si Szinpin — tahr.) virtual formatda o‘tkaziladigan kelajakdagi muzokaralarda, hozircha aniq vaqti ma’lum emas, tushunmovchilik bo‘lmasligini xohlayman: bu raqobat, ziddiyat emas”, — deydi Bayden matbuot anjumanida.

U Si Szinpin bilan uzoq vaqt, jumladan, AQSh vitse-prezidenti lavozimida o‘tirganida ham muloqot qilganini ta’kidlagan.Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u Si Szinpinga Vashington Pekin “qoidalar bo‘yicha o‘ynashi”ni istayotganini ma’lum qilgan. Ushbu kontekstda Bayden havo va dengiz makonidagi xatti-harakatlar normalari, kibermakon xavfsizligi ustida ishlash zarurligini tilga olgan.

U AQSh va Xitoy “qasddan bo‘lmagan” mojarodan qochishi kerakligini qayd etgan.

Avvalroq Xitoy AQShni Tayvan bilan rasmiy aloqalarini zudlik bilan to‘xtatishga, shuningdek, sovuq urush mentalitetidan voz kechib, XXRga xayoliy raqib sifatida munosabatda bo‘lishni bas qilishga chaqirgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: raqobat, AQSH, munosabatlarini, atadi, Xitoy, bilan, Bayden, deb | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя