Главная » 2020 » Декабрь » 29 » Bayramlarda kamida 3 kun qo‘shimcha dam olish kuni berish taklif qilindi
08:10

Bayramlarda kamida 3 kun qo‘shimcha dam olish kuni berish taklif qilindi


Kelgusida Ramazon hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramlari, Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni hamda Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasida belgilangan.

Farmon loyihasiga muvofiq 2021 yilda xizmatlar va servis sohalarini rivojlantirishning drayverlari sifatida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida ichki turizmni ommalashtirish, shuningdek, ziyorat turizmini rivojlantirish, shu jumladan “Umra+” ziyorat dasturi amalga oshiriladi.

Shuningdek, har yili 1 dekabrga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda kelgusi yil uchun bayram va qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar taqvimini e’lon qilib boradi.

Bundan tashqari, ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi besh ish kunidan kam bo‘lmagan “oilaviy ziyorat ta’tili” tizimi joriy qilinadi. Bunda, “oilaviy ziyorat ta’tili” yillik asosiy ta’til hisobidan taqdim etiladi va jamoaviy shartnomalarga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi.

Mehnat jamoalari orasida mamlakat bo‘ylab sayohat qilishlarini rag‘batlantirish maqsadida “Sayohat yetakchisi” tizimi joriy qilinadi. Bunda, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda o‘z mehnat jamoalariga sayohatlar tashkil qilgan eng faol 1 000 nafar “Sayohat yetakchisi”ga yil yakuni bilan O‘zbekiston bo‘ylab turli mavzudagi sayohatlar bepul asosda taqdim etiladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: taklif, Bayramlarda, dam olish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя