Главная » 2020 » Август » 5 » Bayrutdagi portda nima portlagani ma’lum bo‘ldi. Qurbonlari soni 70 dan oshdi
09:13

Bayrutdagi portda nima portlagani ma’lum bo‘ldi. Qurbonlari soni 70 dan oshdi


Xabiringiz bor, kecha, 4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrutda port hududida vayronkor portlash yuz berdi. Uning ko‘lam shu qadar ulkan ediki, guvohlar portlashni atom bombasiga qiyosladi. Seysmologlar esa portlash 4,5 ball zilzila bilan teng kuchda bo‘lganini aytdi.

Portlashdan hozirgacha 78 kishi halok bo‘ldi, 4 mingdan ortiq odam jarohatlandi. Livan barcha jabrlanganlarni davolay olmasligini aytib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va qo‘shni davlatlardan yordam so‘radi.

Livan Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, portda ammiakli selitra portlagan.

Al Mayadeen telekanali kuch ishlatish tizimidagi manbasiga tayanib xabar berishicha, "to‘qqiz yil avval kemalardan biridan musodara qilingan hamda qayta ishlash yoki yo‘q qilish uchun portdagi omborda saqlangan portlovchi moddalar portlagan.

Portlash bilan bog‘liq yana bir taxmin portda pirotexnika vositalari portlagan. Ammo fojianing ko‘lami va vayronkorligini hisobga olganda birgina irotexnika bunday falokatga sabab bo‘lishi imkonsizdek ko‘rinyapti.

Voqealar rivojini kuzatamiz.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: portlagani, Bayrutdagi, 70 dan oshdi, portda, ma’lum bo‘ldi, qurbonlari soni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя