Главная » 2020 » Апрель » 9 » BBC boshlovchisi jonli efir paytida maxfiy belgini tomoshabinlarga yetkazdi
22:35

BBC boshlovchisi jonli efir paytida maxfiy belgini tomoshabinlarga yetkazdi


Teleboshlovchi Viktoriya Derbishir BBC telekanali efirida maxfiy belgini tomoshabinlarga yetkazdi. Bu haqda boshlovchi Twitter’dagi sahifasida yozdi.

U qo‘liga uydagi zo‘ravonlik qurbonlariga yordam ko‘rsatuvchi qo‘llab-quvvatlash tarmog‘i telefon raqamlarini yozib chiqqan.

Jurnalistning qayd etishicha, karantin joriy qilinganidan so‘ng uydagi zo‘ravonlikdan aziyat chekuvchilarga yordam ko‘rsatuvchi saytga tashrif buyuruvchilar soni 150 foizga ko‘paygan.
 

Shuningdek, u qo‘llab-quvvatlash tarmog‘iga bo‘layotgan qo‘ng‘iroqlar soni avvalgi haftadagi nisbatan 25 foizga ko‘payganini qayd etib o‘tgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Derbishirga haqiqatan dolzarb bo‘lgan muammoga e’tibori hamda ushbu masalaga o‘ziga xos yondashuvi uchun minnatdorchilik bildirgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя