Главная » 2020 » Май » 12 » Beeline 91 nafar xodimi nega karantinga olinganini izohladi
22:17

Beeline 91 nafar xodimi nega karantinga olinganini izohladi


Avvalroq, Beeline aloqa operatorining Toshkent shahrida ishlovchi 91 nafar xodimi koronavirus infeksiyasi yuqtirib olishda gumon qilinib, karantinga olingani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat yuzasidan kompaniya o‘z munosabatini bildirdi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, mamlakatda karantin choralari joriy etilishi bilan Beeline xodimlar xavfsizligi va kompaniyaning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun ishni maksimal darajada masofaviy tashkil qilgan.

“Ammo, ayrim operatsion vazifalar mavjudligi bois, biz va jamoamizning bir qismi abonentlarimiz Beeline xizmatidan foydalanishda davom eta olishlari va kompaniya mutaxassislari bilan doimo bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun shunday mushkul paytda ofisda bo‘lishimiz shart. Afsuski, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, COVID-19 bilan kasallanish xavfi hammada mavjud”, deyiladi kompaniya izohida.

Qayd etilishicha, xodimlar COVID -19 yuqtirganligi xavfi pado bo‘lishi bilan, kompaniya tegishli sanitariya va epidemiologiya xizmatlari bilan birgalikda ishchilarni ommaviy tarzda COVID -19 ga testdan o‘tkazgan.

“Xodimlar va ularning qarindoshlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, kompaniya Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rsatmalariga rioya qilgan holda, o‘z xodimlarini 14 kunlik karantinga joylashtirdi.

Vaziyat nazorat ostida, jamoamiz va ularning yaqinlari uchun qilinayotgan barcha ishlar ularning foydasi uchun qilinmoqda”, deya voqeani sharhladi Beeline Uzbekistan bosh direktori Sergey Afonin.

Qo‘shimcha tariqasida, kompaniya ofislarida barcha zarur va tavsiya etilgan ehtiyot choralari rioya qilinayotgani va mamlakatda karantin joriy etilgan birinchi kundan boshlab sanitariya-profilaktika choralari ko‘rilgani qayd etilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: karantinga, Beeline, xodimi, izohladi, olinganini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя