Главная » 2021 » Май » 4 » Bektemir Meliqo‘ziyev antidoping qoidalarini buzganligi bois 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
15:17

Bektemir Meliqo‘ziyev antidoping qoidalarini buzganligi bois 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi


Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev (7-0, 6 KO) antidoping qoidalarini buzganligi bois to‘rt yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Xalqaro boks federatsiyasiga (AIBA) tayanib, O‘zbekiston milliy antidoping agentligi ma’lum qildi.

Sportchi 2020-yil 16-fevraldan boshlab 2024-yil 15-fevralga qadar barcha sport musobaqalarida (milliy va xalqaro chempionatlar, Olimpiya va boshqa turnirlar) ishtirok etish huquqidan mahrum etildi. Shuningdek, uning 2020-yil 16-fevraldan keyingi barcha natijalari va medallari bekor qilindi.

Ta’kidlash kerak, ushbu taqiq havaskor boks musobaqalari uchun amal qiladi, ya’ni Meliqo‘ziyev Xalqaro professional boks tashkiloti taqiq qo‘ymagunga qadar professional boksdagi faoliyatini davom ettirishi mumkin. Agar ruxsat tegadigan bo‘lsa, diskvalifikatsiyasi tugagunga qadar faqatgina professional boksda jang o‘tkazishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, dastlab Bektemirdan olingan doping testidan furosemid taqiqlangan moddasi aniqlangan bo‘lib, u 2018-yil 28-fevraldan boshlab 2020-yil 27-fevralgacha 2 yillik diskvalifikatsiya bilan jazolangandi. Aytilishicha Bektemir keyinchalik ham ikki bor antidoping qoidalarini buzgan. Ya’ni sportchi belgilangan vaqtda doping nazoratidan o‘tmagani uchun jazo choralari kuchaytirilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Bektemir Meliqo‘ziyev, diskvalifikatsiya, antidoping | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя