Главная » 2020 » Июнь » 28 » Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
18:18

Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi


Professional boksning super o‘rta vazn toifasi vakili Bektemir Meliqo‘ziyev iyul oyida navbatdagi jangini o‘tkazadi, deb xabar bermoqda GoSport.

Oskar de la Hoyaga tegishli Golden Boy promouterlik kompaniyasi 24-iyul kuni boks oqshomi tashkil etadi. Ana shu boks kechasida o‘zbekistonlik sportchi ham ringga ko‘tariladi. Hozircha Meliqo‘ziyevning raqibi kim bo‘lishi noma’lum.

Bektemir 28-iyun kuni Toshkentdan Nyu-Yorkka (AQSh) uchib ketdi. Endi u AQShda jangga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziyev shu vaqtga qadar professional boksda 5 ta jang o‘tkazib ularning barchasida g‘olib bo‘ldi va to‘rtta jangni muddatidan avvalgi g‘alaba bilan yakunlagan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: sanasi ma’lum bo‘ldi, Bektemir Meliqo‘ziyevning, navbatdagi jangi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя