Главная » 2021 » Октябрь » 24 » Bekxem JCH-2022 ning yuzi bo‘lib, yaxshigina pul ishlab oladi
16:22

Bekxem JCH-2022 ning yuzi bo‘lib, yaxshigina pul ishlab oladi


Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Devid Bekxem Qatardagi 2022 yilgi Jahon chempionatining yuziga aylandi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, ingliz futbolchisi FIFA bilan 10 yillik shartnoma imzolagan va yiliga 15 million funt miqdorida maosh oladi. Ayni damda Bekxem Jahon chempionati uchun qurilayotgan stadionlar, mehmonxonalar holati hamda mas’ul shaxslar bilan ko‘rishish uchun Doha shahriga uchib ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qatarda so‘nggi paytlarda turist ayollar soni ko‘paygan. Bekxem buni turizmning rivojlanishi, deya baholagan. Shuningdek, u futbolning kuchi odamlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni yo‘q qilishini ta’kidlagan va barcha muxlislarning xavfsiz bo‘lishiga ishontirgan.

Eslatib o‘tamiz, Qatardagi Mundial 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrigacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. Avvalroq Jahon chempionatining final bosqichiga 1 aprel kuni qur’a tashlanishi haqida xabar bergan edik.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Bekxem, JCh-2022 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя