Главная » 2018 » Апрель » 13 » Bemahal o‘limning kutilmagan sababi ma’lum qilindi
19:13

Bemahal o‘limning kutilmagan sababi ma’lum qilindi


Angliyadagi Surrey universiteti olimlari uxlashga kech yotib, kech turishni ma’qul ko‘ruvchi insonlarda (“boyo‘g‘li”lar) erta uyg‘onuvchi “to‘rg‘ay”larga qaraganda bemahal o‘lim xavfi yuqoriroq ekanligini aniqladi. Bu haqda MedicalXpress press-relizida xabar berildi.

Tadqiqotda yoshi 38 dan 73 gacha bo‘lgan 433 mingdan ortiq odam ishtirok etdi. Ular to‘rtta: ertalabki, o‘rtacha ertalabki, kechki va o‘rtacha kechki xronotiplarga ajratildi. Ko‘ngillilar ahvoli olti yarim yil davomida kuzatib borilgan.

“Boyqush”larda turli sabablar, jumladan, yurak-qon tomirlari xastaliklaridan bemahal vafot etish xavfi “to‘rg‘ay”larnikidan o‘n foizga yuqori ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, ular diabet, ruhiy va asab buzilishlaridan ko‘proq aziyat chekadi.

Olimlarning so‘zlariga qaraganda, inson xronotipi qaysidir darajada genetik belgilansa, bu “boyo‘g‘li”lar uchun kun tartibi, jumladan, ish kuni boshlanishini ko‘chirish zaruratini anglatadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Bemahal, o'lim | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя