Главная » 2021 » Май » 7 » Benzin, tuproq, xlor isi: Nima uchun biz “g‘alati” hidlarni yaxshi ko‘ramiz?
18:32

Benzin, tuproq, xlor isi: Nima uchun biz “g‘alati” hidlarni yaxshi ko‘ramiz?


Neyropsixolog va hid psixologiyasi bo‘yicha mutaxassis Reychel Xerts bu hodisani quyidagicha izohlaydi: “Aslida yaxshi yoki yomon hid tushunchasi yo‘q. Tug‘ilganda bizda hidlar bilan bog‘liq tajriba bo‘lmaydi. Keyinchalik kattalar qaysi yaxshi va qaysi yomon hid ekanini aytishganda, ular madaniy ta’sirlar natijasida hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, ba’zi hidlarni yoqtirishimiz his-tuyg‘ularimiz va xotiralarimiz bilan bog‘liq. Masalan, agar bolaligingizda hovuzda suzishni yaxshi ko‘rgan bo‘lsangiz, katta bo‘lganingizda xlor hidi sizga yoqimli tuyulishi mumkin.

Biz bolalik xotiralari bilan bog‘liq bo‘lmagan ba’zi hidlarni ham yoqtiramiz, chunki ular aniq va biz biladigan narsalar bilan bog‘liq. Masalan, terining hidi hashamat bilan bog‘liq (yangi poyabzal, qimmat sumka yoki yangi mashinaga charm o‘rindiq sotib olish). Shuning uchun ko‘p odamlar parfyumeriya mahsulotlaridagi charm hidini yoqtiradi”.

Bo‘yoq, benzin va ohak hidi

Benzin hidi hayotimizning bir qismiga aylangan. Tibbiyot va kimyo bu hidga bo‘lgan sevgimizni quyidagicha izohlaydi: benzin tarkibida aromatik uglevodorodlar deb nomlangan birikmalar mavjud bo‘lib, ular oz miqdorda eyforiya tuyg‘usini qo‘zg‘atadi, ammo katta dozada juda jiddiy muammolarni (ongni yo‘qotish va hatto o‘lim) xavfini yuzaga keltirishi mumkin.

Metro

Metroning o‘ziga xos murakkab hidi bor.Unda qayin smolasi va ko‘mir hidini beruvchi kreozot mavjud. Metro va temiryo‘l hidi deyarli bir xil, chunki shpallarga xuddi shu material — kreozot ishlatiladi. Ehtimol, bunday hidga bo‘lgan muhabbat bolalikdan, temiryo‘l sarguzasht va sayohat bilan bog‘liq bo‘lgan xotiralar tufaylidir.

Achchiq shuvoq hidi

Shuvoq o‘simligi deyarli hamma joyda o‘sadi. U achchiq-yashil hidli bo‘lib, juda ko‘p foydali xususiyatlariga ega. Shuning uchun uning hidini yoqtirishimiz ajablanarli emas. Shuvoqning kimyoviy tarkibi har xil: absintin, anabsintin, olma va qahrabo organik kislotalari, oqsil, qatron va teri oshlash glikozidlari mavjud. Zamonaviy aromaterapiya shuvoqning xushbo‘yligini aqliy quvvatni kuchaytirish va g‘azabni yo‘qotish uchun ishlatishni tavsiya qiladi. Shuningdek, astronavtlar uchish paytida an’anaviy ravishda shuvoq novdasini olib ketadi. U boshqa o‘simliklarga qaraganda o‘z hidini uzoqroq saqlaydi va Yerni eslatib turadi.

Nam yer hidi

Bu hid tabiatdan tashqari, bu uzoq vaqt saqlangan qizil vinolarda uchraydi. Ko‘p odamlar bu hidni yaxshi ko‘radi, lekin bu hid aslida yerdan chiqmaydi. Mikrobiologlar bu organik moddalar, geosmin hidi ekanini aniqlagan. Geosmin — turli xil mikroorganizmlar, shu jumladan, siyanobakteriyalar, aktinomitsetlar tomonidan ishlab chiqariladi. Insonning hid bilish hissi geosminga juda sezgir. Nima uchun? Javob oddiy. Bir vaqtlar tirik qolish uchun unumdor tuproq izlash kerak bo‘lgan. Geosmin — bu yomg‘irdan keyingi unumdor va nam tuproq hididir.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: isi, hidlarni, xlor, Benzin, g‘alati, tuproq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя