Главная » 2020 » Декабрь » 26 » Berlinda otishma: jiddiy jarohatlanganlar bor
13:59

Berlinda otishma: jiddiy jarohatlanganlar bor


Bugun, 26 dekabr tongida Berlinning Kroysberg tumanida otishma yuz berdi. Otishmada 4 kishi jarohatlangan. Bu haqda “Berliner Zeitung” gazetasi yozmoqda.

Xabarga ko‘ra, Berlinning Kroysberg tumanida yuz bergan otishma joyiga politsiya yetib kelgan. Hozirda hodisa yuz bergan hudud o‘rab olingan, politsiya mojaro ishtirokchilarini qidirmoqda.

Ta’kidlanishicha, operatsiyaga vertolyot ham jalb etilgan.

“Bild” gazetasining bergan so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, otishmada yaralanganlar soni 4 taga yetgan. Ulardan 3 nafari og‘ir jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Jabrlanuvchilardan biri otishma paytida Landver kanaliga sakragani sabab oyog‘idan yaralangan.

Qurolli hujum Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi ofisining yonida sodir bo‘lgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: jiddiy, jarohatlanganlar, Berlinda, otishma | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя