Главная » 2018 » Февраль » 5 » Besh oyoqli qo‘zichoq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi
20:36

Besh oyoqli qo‘zichoq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi


Angliyaning shimoliy qismidagi Darem grafligidagi fermalardan birida besh oyoqli qo‘zichoq dunyoga keldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Qo‘zichoqning egasi yashab ketishiga umid qilib, unga “Umid” deb laqab qo‘ydi. Hozirda qo‘zichoq ikki haftalik bo‘ldi.Fermer ayol uni fermada olib qoldi. Qo‘zichoqning beshinchi oyog‘i o‘ng biqinidan o‘sib chiqqan.

Qolgan to‘rt oyog‘idagi tuyoqlar ham ikkiga bo‘lingan.

Aksariyat hollarda bunday ahvolda tug‘ilgan hayvonlarning yashab ketish imkoniyati kam bo‘ladi. Qo‘zichoqni ko‘zdan kechirgan veterinar ortiqcha oyoqni olib tashlashning hojati yo‘qligini, u besh oyoq bilan ham uzoq va baxtli hayot kechirishi mumkinligini bildirdi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Besh oyoqli qo‘zichoq | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя