Главная » 2020 » Ноябрь » 21 » Bilasizmi? Ming dardga davo “pul daraxti”
23:05

Bilasizmi? Ming dardga davo “pul daraxti”


Krassula yoki boshqacha qilib aytganda (pul daraxti) o‘simligi – parvarish borasida unchalik injiq emas. Uning davolovchi xususiyatlari ilmiy jihatdan tan olinmaganligiga qaramay, xalq tabobatida anchadan buyon qo‘llanilib kelmoqda.

Krassulaning sharbati tarkibida margimush birikmalari bo‘lgani sababli faqat tashqi qo‘llash uchun buyuriladi, deydi “Dori-Darmon” AK matbuot xizmati.

 1.   Krassulaning yangi sharbatida jarohatlarni bitkazish va yallig‘lanishga qarshi ta’sir bor. Buning uchun uning barglarini maydalab, bo‘tqasimon holatga keltirilib, teridagi jarohat yuzasiga qo‘yiladi.

2.   Krassula qadoqlarni yo‘qotishda samarali hisoblanadi. Buning uchun bargi yuzasining qavati shilinib, teridagi qadoq ustiga qo‘yib bog‘lanadi va bir kechaga qoldiriladi.

3.   Virus va bakteriyalarga qarshi ta’siri bor. Krassula bargining 10 donasini siqib, 150 ml suv bilan aralashtirib, stomatit, gingivit va anginada og‘iz chayqaladi. Shu vositaning o‘zida gerpetik toshmalarni surtish, burun shilliq qavatining polipozida 4-5 mahal ishlov berish mumkin.

4.   Gemorroidal tugunlar shamollashining oldini oladi. Buning uchun uning sharbati vazelin moyi bilan aralashtirilib, suyuq emulsiya holatiga keltiriladi va tamponga shimdirilib, to‘g‘ri ichakka qo‘yiladi. Muolaja sutkasiga 2-3 marta qaytariladi.   

5.   Krassulaning og‘riq qoldiruvchi xususiyati nevralgiya, revmatik artrit, artroz, bod kasalliklari, shuningdek, pay cho‘zilishlari, lat yeyish va yengil kuyishda qo‘llaniladi. Buning uchun uning spirtli nastoykalari ishlatiladi.

Eslatib o‘tamiz, krassula bilan davolanishdan oldin shifokor maslaxatini olish tavsiya etiladi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: Pul, Ming dardga davo, daraxti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя