Главная » 2020 » Сентябрь » 16 » Bill Geyts oilasi og‘ir judolikka uchradi
09:47

Bill Geyts oilasi og‘ir judolikka uchradi


Microsoft kompaniyasi asoschisining otasi va taniqli filantrop katta Uilyam Geyts 94 yoshida vafot etdi. Bu haqda Bill Geyts ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Kecha mening otam uyda, oila davrasida vafot etdi. Biz uni hozir aytishimiz mumkin bo‘lganidan ko‘proq sog‘inamiz. Biz qayg‘udamiz, shu bilan birga minnatdormiz. Otamning o‘limi kutilmaganda bo‘lmadi, u 94 yoshda edi, salomatligi ham yomonlashgandi. Shuning uchun, bunday ajoyib insonning uzoq yillar davomida hayotimizda bo‘lgani bizning omadimiz ekanini o‘ylab olishga yetarli vaqt bo‘ldi”, degan Bill Geyts.

Kichik Geyts otasi uning hayotining barcha jabhasiga ta’sir o‘tkazib turishini, xususan, Microsoft kompaniyasi tashkil topganining ilk yillari u bergan yuridik maslahatlarni qadrlashini ta’kidlagan.

U otasining xayriya ishlariga katta hissasini ham aytib o‘tgan.

“Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi otamsiz bugungi darajasiga yetmagan bo‘lardi”, degan Bill Geyts.

“The New York Times” gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, Uilyam Geytsning o‘limiga Alsgeymer kasalligi sabab bo‘lgan.

“Otam “haqiqiy” Bill Geyts edi. U men bo‘lishni istagan inson edi. Men uni har kuni sog‘inaman”, degan kichik Geyts.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: og‘ir judolikka, uchradi, oilasi, Bill Geyts | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя