Главная » 2021 » Май » 6 » Bill Geytsning rafiqasi erining qancha boyligini qo‘lga kiritishi ma’lum bo‘ldi
11:35

Bill Geytsning rafiqasi erining qancha boyligini qo‘lga kiritishi ma’lum bo‘ldi


Microsoft asoschisi Bill Geytsning rafiqasi Melinda eri bilan ajrashgach, 1,8 mlrd dollarga teng qimmatli qog‘ozlarga ega bo‘ladi. Bu haqda “Bloomberg” yozmoqda.

Melinda Kanada milliy temir yo‘l kompaniyasining 1,5 mlrd dollarlik va AQSHdagi eng yirik avtodiler Autonation’ning 300 mln dollarlik aksiyalarini qo‘lga kiritadi.

“Forbes” Bill Geytsning boyligini 124 mlrd dollarga teng deb baholayapti. Biznesmen boyliklarining bir qismini Cascade Investments jamg‘armasi orqali boshqaradi. Jamg‘arma kam miqdordagi mablag‘ini Melindaga o‘tkazgan va endilikda uning hisobida 50 mlrd dollar qolgan. Ta’kidlanishicha, mulklarni taqsimlash hali yakuniga yetmagan.

Eslatib o‘tamiz, Bill Geyts hafta boshida turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishini e’lon qildi. Ular 27 yillik turmushi davomida 3 farzandni tarbiyalab, dunyo bo‘ylab faoliyat yurituvchi xayriya fondini tashkil qildi. Juftlik 1994 yilda Gavayya orollarida turmush qurgan.

Ma’lumot uchun, Amazon rahbari Jeff Bezos turmush o‘rtog‘i Makkenzi bilan ajrashganiga milliarderning 38,3 mlrd dollarlik aktivlari rafiqasiga o‘tgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Bill Geytsning, a boyligini, rafiqasi, kiritishi, qo‘lga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя