Главная » 2021 » Октябрь » 12 » Bir hafta davomida profilaktika o‘tkaziladi
14:54

Bir hafta davomida profilaktika o‘tkaziladi


«RRTM» DUKning texnik vositalari yillik rejalarda belgilangan muddatlarda o‘chirilib, profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, ushbu profilaktika mamlakat aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta’minlash maqsadida qilinadi.

Navbatdagi profilaktika ishlari joriy yilning 13-19 oktyabr kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi.

13 oktyabr kuni soat 01:00 dan 06:00 gacha (12 oktyabrdan 13 oktyabrga o‘tar kechasi) raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida va uzatkichlarda profilaktika o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu vaqtda Toshkent shahrida va respublika bo‘yicha xorijiy, nodavlat teledasturlarni tarqatuvchi teleuzatkichlarda profilaktika o‘tkaziladi. Bu vaqtda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining teledasturlari uzluksizligi ta’minlanadi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ham 13-19 oktyabr kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha mahalliy, nodavlat va «Uzdigital TV» MChJning xorijiy telekanallarini uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda jadval asosida profilaktika ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

To‘xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: profilaktika | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя