Главная » 2020 » Июнь » 26 » Bir muhabbat tarixi: Xalit Ergench — Sulton Sulaymonning qalbini zabt etgan ayol kim?
21:54

Bir muhabbat tarixi: Xalit Ergench — Sulton Sulaymonning qalbini zabt etgan ayol kim?


Bergyuzar Korel va Xalit Ergench, Turkiyaning eng chiroyli juftliklaridan biri hisoblanadi. Juftlik “1001 kecha​” filmining suratga olish jarayonida tanishgan bo‘lib, ushbu film ular o‘rtasida sevgi uchqunlari paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan.

Xalit Bergyuzarni uchratganidan keyin unga chin yurakdan oshiq bo‘lgani, usiz hech qachon baxtli bo‘la olmasligini tushunib yetganini ta’kidlagan.

Bu vaqtda Korel ham Xalitga befarq bo‘lmagan faqat, aktyorning oilasi borligi bois his-tuyg‘ularini namoyon qilmasdan ichida saqlagan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, Ergench birinchi turmushi bilan ajrashib, Bergyuzarning qo‘lini so‘ragan. Bir qancha oy o‘tib esa juftlik munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlagan. 2010-yilda mashhurlarning birinchi farzandi Ali, 2020-yilda bo‘lsa Xan dunyoga kelgan.

Bergyuzar aktrisalikdan tashqari, xayriya ishlari bilan ham shug‘ullanadi.

“Mening qalbimning faqat bir sulton xonimi bor, bu mening ayolim, farzandlarimning onasi va mening sadoqatli umr yo‘ldoshim”, — deydi aktyor.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: ayol kim, Xalit Ergench, Sulton Sulaymonning, qalbini, Bir muhabbat tarixi, zabt etgan | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя