Главная » 2017 » Февраль » 15 » Birinchi o‘zbek klipi 10 millionni zabt etdi
11:15

Birinchi o‘zbek klipi 10 millionni zabt etdi


Bugungi kunda Youtube.com videoxostingiga dunyo yulduzlari, jahon tan olgan mashxurlarning ijod mahsullari jumladan qo‘shiqlari, kliplari, saundtreklari joylanadi. Ularning har bir ijod namunasi birgina Youtube.com videoxostingining o‘zida katta natijalarni qayt etadi. Mazkur videoxostingda mana shunday kliplar orasida birinchi rasmiy o‘zbek videoklipi 10 millionni zabt etdi. Bu—Shahzodaning “Shunchaki” taronasiga ishlangan klip, deb xabar beradi “Popcornuz.com” sayti. 

Ikki yil ichida 10 million ko‘rsatgich juda yuqori natija hisoblanadi va bunday natijani asosan dunyo yulduzlarida kuzatish mumkin. Albatta bu nafaqat Shahzodaning balki, qo‘shiq va klip ijodkorlarining, san’atimizning yutug‘i hamdir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Akcent bilan kuylangan “All alone” dueti hali klip ishlanmasidanoq 14 million natijani qayt etmoqda.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shahzoda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя