Главная » 2018 » Январь » 24 » Birinchi Prezidentning 80 yilligiga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma o‘z ishini boshlaydi
22:54

Birinchi Prezidentning 80 yilligiga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma o‘z ishini boshlaydi


Yaqin kunlarda Birinchi Prezidentimizning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Butun olamni jo qilgan yurak” nomli badiiy ko‘rgazma o‘z ishini boshlaydi. Mazkur ma’rifiy tadbir Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tomonidan Islom Karimov nomidagi Fond bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Ko‘rgazma zali Yodgorlik majmuasi hududida – Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo etish maskaniga aylangan Oqsaroy qarorgohida joylashgan. Mazkur maskanda, ta’bir joiz bo‘lsa, Birinchi Prezidentimizning ruhi va nafasini his etish mumkin.

Ko‘rgazmada butun umrini Vatan xizmatiga baxsh etgan Islom Karimov hayotining turli qirralarini ochib beruvchi portret va fotosuratlar namoyish etiladi.

Ko‘rgazma “Butun olamni jo qilgan yurak” deya teran ramziy nom bilan atalgani bejiz emas. Zero, eksponatlar Birinchi Prezidentning ma’naviy-ruhiy olami, insonparvarligi, xalqning orzu-umidlari, istak-xohishlari ro‘yobi va yorug‘ kelajagi yo‘lida chekkan zahmatlari, ona xalqiga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbati haqida hikoya qiladi. Darhaqiqat, Yurtboshimizning yuragi xalq qayg‘usi va sevgisi ila limmo-lim to‘lgan edi. Bunday ulug‘vorlik esa qalbi koinot qadar keng siymolargagina xosdir.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Birinchi Prezident | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя