Главная » 2021 » Март » 13 » Bitkoin tarixiy rekordini yangiladi
17:43

Bitkoin tarixiy rekordini yangiladi


Savdolar yakuniga ko‘ra, kriptovalyuta qiymati 59 ming dollardan oshdi — yangi tarixiy rekord. Bu haqda «Korrespondent» xabar berdi.

Kriptovalyutalarning eng yirik birjasi — «Binance»da bitkoin qiymati Toshkent vaqti bilan soat 15:16 holatiga 5,81 foizga oshib, 59 374 dollarga yetdi.

20dan ziyod birjalardagi o‘rtacha narxlarni qayd etib boruvchi «CoinMarketCap» portaliga ko‘ra, bitkoin soat 15:26 (T.V.) holatiga 5,01 foizga qimmatlab, 59 454 dollarni tashkil etgan.

Har ikki dinamika sutkabay keltirilgan.

Yanvar oxiridan beri kriptovalyuta qiymati to‘rt hafta tinmay oshdi. Yanvar oxirida bitkoin 32 ming dollar edi, fevralda salkam ikki baravarga qimmatladi.

Biroq fevral oxirida, 58 352 dollarlik yangi tarixiy rekord qayd etilganidan so‘ng, bitkoin qiymati keskin pasayishni boshladi. 22-fevralda — 50 ming dollar, 26-fevralda 44,5 ming dollarga (sutkasiga qadrsizlanishi deyarli 12 foizdan) tushib ketdi.

Keyin bitkoin yana o‘sishni boshladi va bir necha kun ilgari $56 minglik cho‘qqisiga ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, bitkoin kapitallashuvi yana $1 trln.dan oshdi. 2021-yil boshidan beri ushbu kriptovalyuta qiymati qariyb 90 foizga oshdi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: rekordini, Bitkoin, Tarixiy, yangiladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя