Главная » 2020 » Декабрь » 19 » Bittayam iPhone yo‘q: 2020-yilning eng tez quvvat oluvchi smartfonlari (reyting)
18:27

Bittayam iPhone yo‘q: 2020-yilning eng tez quvvat oluvchi smartfonlari (reyting)


2020-yilning eng tez quvvat oluvchi smartfonlari reytingi tuzildi: ro‘yxatni tuzishda ularning zaryadlash simi o‘tkazuvchanligi tezligi hisobga olingan.

Birinchi o‘rinda — Xiaomi Mi 10 Ultra (Xitoyda Xiaomi Mi 10 Extreme Commemorative Edition nomi ostida chiqqan). Bu smartfonning 4500 mAs sig‘imli akkumulyatori 100 foiz to‘lishi uchun 21 daqiqa yetarli. Xiaomi Mi 10 Ultra — yarim soatga qolmay to‘liq quvvatlanuvchi yagona smartfon!

E’tiborli jihati, 2020-yilning eng tez quvvat oluvchi smartfonlari reytingida bir dona ham iPhone yo‘q.

Ikkinchi o‘rinda — Realme X50 Pro (33 daqiqa).

Akkumulyatori to‘lishiga 43 daqiqa sarflanadigan Oppo Find X2 Pro — uchinchi o‘rinda. Bir soatga qolmay quvvatini tiklay oladigan yana bir necha xil smartfon bor: Xiaomi Mi 10 ProHuawei Mate 40 ProRealme X3 Superzoom hamda OnePlus Nord.

Reyting quyidagicha:

  1. Xiaomi Mi 10 Ultra — 21 daqiqa
  2. Realme X50 Pro — 33 daqiqa
  3. Oppo Find X2 Pro — 43 daqiqa
  4. Xiaomi Mi 10 Pro — 46 daqiqa
  5. Huawei Mate 40 Pro — 49 daqiqa
  6. Realme X3 Superzoom — 56 daqiqa
  7. OnePlus Nord — 57 daqiqa
  8. OnePlus 8 Pro — 60 daqiqa
  9. OnePlus 8 — 63 daqiqa
  10. Poco X3 NFC — 63 daqiqa
  11. Galaxy S20 Ultra — 64 daqiqa
  12. Poco F2 Pro — 64 daqiqa
  13. Galaxy Note 20 — 70 daqiqa
  14. Galaxy S20 Exynos — 71 daqiqa
  15. Huawei P40 Pro — 74 daqiqa.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: smartfonlari, (reyting), quvvat, 2020-yilning, iPhone, eng tez | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя