Главная » 2020 » Май » 19 » Bizning dori pandemiyani to‘xtatadi – Xitoy olimlari yangi dori ustida ishlamoqda
15:28

Bizning dori pandemiyani to‘xtatadi – Xitoy olimlari yangi dori ustida ishlamoqda


Xitoy laboratoriyasi olimlari antitanachalarga asoslangan yangi koronavirusga qarshi dorini ishlab chiqmoqdalar. Ularning fikriga ko‘ra, dori koronavirus infeksiyasining pandemiyasini to‘xtata oladi.

Tadqiqotchilar, ishlab chiqilayotgan dori nafaqat tiklanish vaqtini qisqartirishi, balki qisqa muddatli immunitet bilan ta’minlashi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Pekin universiteti Genomikaning ilg‘or innovatsiyalar markazi direktori Sanni Sening so‘zlariga ko‘ra, uning jamoasi 60 nafar davolangan bemorlarning qonidan ajratilgan neytrallashtiruvchi antitanachalardan foydalanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir ushbu preparat hayvonlarda sinovdan muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

“Biz zararlangan sichqonlarga neytrallashuvchi antitanachalarni qo‘llaganimizda, besh kundan keyin organizmdagi virus 2,5 ming marta kamaydi”, deydi Sanni Se.

Olimning ta’kidlashicha, preparatning klinik sinovlari Avstraliya va boshqa mamlakatlarda o‘tkaziladi. U joriy yilda foydalanishga tayyor bo‘lishi mumkin.

“Umid qilamizki, ushbu zararsizlantiruvchi antitanachalar pandemiyani to‘xtata oladigan dori bo‘ladi“, deydi Se.

Avvalroq, Kaliforniyada joylashgan “Sorrento Therapeutics“ kompaniyasi olimlari koronavirusni butunlay blokirovka qiladigan antitanachani kashf qilgani haqida xabar bergan edik.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ustida ishlamoqda, to‘xtatadi, pandemiyani, olimlari, Xitoy, yangi dori | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя