Главная » 2020 » Апрель » 2 » BMT va JSST: dunyo oziq-ovqat inqiroziga duch kelishi mumkin
11:34

BMT va JSST: dunyo oziq-ovqat inqiroziga duch kelishi mumkin


Kecha, 1 aprel kuni bir qancha xalqaro tashkilotlar rahbarlari COVID-19 koronavirusi atrofidagi vaziyat dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishda uzilishlar bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. G‘arb OAV hukumatlar to‘g‘ri choralarni ko‘rmasa, ta’mindagi inqiroz muqarrar deya bong ura boshladi.

Kecha Jahon soliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Robertu Azevedu va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) rahbari Syuy Dun’yuy shunday ogohlantirish bilan chiqdi.

“Oziq-ovqatga egalik masalasidagi ishonchsizlik eksportning qsiqarishiga olib kelishi va global bozorda oziq-ovqat taqchilligini keltirib chiqarishi mumkin”, deyiladi tashkilotlar rahbarlari bayonotida.

“Koronavirus sababli chegaralar yopilgan vaqtda oziq-ovqat taqchilligidan qochish maqsadida mahsulotlar oqimining iloji boricha erkinroq harakatlanishini kafolatlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish lozim”, deyilgan bayonotda qo‘shimcha tarzda.

JSST, JST va BMT FAO o‘zga davlat qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan muhojirlar chegaraning yopilishi sababli yurtiga qaytolmay qolganini ham ta’kidlab o‘tdi. Ayni vaqtda ba’zi davlatlarning qishloq xo‘jalik sohasi xorijiy ishchi kuchiga bog‘liq ekani oydinlashdi. Bunday muammo Meksikadan keladigan mavsumiy ishchilar taqchilligi yuzaga kelgan AQSH va Shimoliy Afrika davlatlaridan kelib ishlovchi muhojirlarga tayanuvchi G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida vujudga keldi.

Bundan tashqari, JSST, JST va BMT FAO rahbarlari oziq-ovqat mahsulotlari savdosida ishlovchi kishilarning xavfsizligini ta’minlashga chaqirgan. OAVning aniqlik kiritishicha, avvalroq Italiya va Fransiyadagi supermarketlar xodimlari sog‘liqlarini himoyalash bo‘yicha choralar yetarlicha emasligi vaji ostida ishga chiqishdan bosh tortishgan. Shunga o‘xshash muammolar AQSHdagi Whole Foods savdo tarmog‘ida ham kuzatilgan.

JSST, JST va FAO rahbarlarining fikricha, bu muammolar ortida xalqaro hamkorlik muhim ko‘rinish oladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя