Главная » 2020 » Ноябрь » 23 » Bo‘lgansiz-u, payqamagansiz: Koronavirusni boshdan kechirganingizni bildiruvchi 7 belgi
22:34

Bo‘lgansiz-u, payqamagansiz: Koronavirusni boshdan kechirganingizni bildiruvchi 7 belgi


Ma’lumotlarga qaraganda 80 foiz holatda koronavirus simptomsiz yoki boshqa kasallik gripp, ORVI singari kechadi. Agar sizda jiddiy surunkali kasalliklar bo‘lmasa, vazningiz me’yorda va yoshingiz 65 yoshdan o‘tmagan bo‘lsa va shamollagan bo‘lsangiz, siz allaqachon koronavirus bilan og‘rigan bo‘lishingiz, ammo bundan o‘zingiz bexabar bo‘lishingiz mumkin.

Oyoq barmoqlarida yara-chaqalar

Oyoqda, xususan, barmoqlardagi spetsifik yaralar, ko‘karishlar koronavirus infeksiyasiga xos alomatlardan biri sanaladi. Albatta, birgina ushbu simptomning o‘zi bilan koronavirus bilan kasallanganingiz haqida xulosa chiqarish yaramaydi, ammo boshqa belgilar bilan birga kuzatiladigan bo‘lsa, sizdagi ORVI aslida koronavirus infeksiyasi bo‘lgani ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Tanadagi tushunarsiz toshmalar

Qorinda, belda, qo‘l va boshqa sohalarda paydo bo‘lib keyin o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib qolgan mayda qizil toshma koronavirus infeksiyasiga xos yana bir spetsifik simptom sanaladi. Ushbu simptom, ayniqsa, bolalarga xos bo‘ladi, ammo kattalarda ham uchrab turadi.

Qorin sohasida og‘riq va diareya

Asosan, ichak infeksiyalariga xos bo‘lgan ko‘ngil aynishi, ich ketishi, qorin sohasida og‘riq va og‘izda g‘alati ta’m bilish kabilar koronavirus bilan og‘rigan bemorlarda ham aniqlangan. Agar siz shamollash deb o‘ylagan salomatligingizda muammo bor vaqtda oshqozon ichak traktida o‘zgarish sezadigan bo‘lsangiz, sizda COVID-19 bo‘lgani ehtimoli katta.

Konyunktivit

Konyunktivit – ko‘z qovoqlari qizg‘ish yoki pushti rangda bo‘lib, qichishish va lovullash bilan kechadigan infeksion kasallik hisoblanadi va koronavirus aniqlangan bemorlarning ayrimlarida ushbu simptom aniqlanadi. Agar siz virusli kasallikka chalingan bo‘lsangiz va konyunktivit simptomlari kuzatiladigan bo‘lsa, sizda koronavirus bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Ta’m va hid bilishning o‘zgarishi

Ushbu simptomlar koronavirusga xos eng ko‘p tarqalgan alomatlar sanaladi. Lekin virusning organizmga xavfi yuqori bo‘lmasa, kasallik yengil formada o‘tishi, hid va ta’m bilish biroz susayishi mumkin. Bunda odatiy hid va ta’mlar biroz boshqacharoq taom nordon yoki avvalgidan achchiqroq bo‘lishi mumkin.

Kuchli holsizlanish

Gripp yoki shamollaganda organizm virus bilan kurashgani sabab bemor holsizlanadi va boshqa narsaga energiya qolmagandek his qiladi. Ammo koronavirusda holsizlanish kuchliroq bo‘ladi va hatto oson harakat ham kishini holdan toyishiga sababchi bo‘ladi, bemor organizmi qayta kuch to‘plashi uchun uzoq vaqt ba’zida soatlab dam olishni istaydi. Agar sizda shunday holat kuzatiladigan va avvallari bunday holsizlik his qilmagan bo‘lsangiz, koronavirusga chalingan bo‘lishingiz mumkin.

Kasallikning uzoq vaqt cho‘zilishi

Odatda ORVI bir hafta yoki 10 kun kechadi. Agar sizda anchadan beri o‘tib ketmayotgan bo‘lsa va yaxshi bo‘lgandan keyin yana tez qaytalansa, organizmingiz jiddiyroq “dushman”, ya’ni koronavirus bilan kurashayotgan bo‘lishi mumkin.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Koronavirusni, boshdan kechirganingizni, payqamagansiz, Belgi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя