Главная » 2017 » Июнь » 16 » Bo‘stonliqda o‘smir yigit o‘z tengdoshini pichoqladi
14:09

Bo‘stonliqda o‘smir yigit o‘z tengdoshini pichoqladi


Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joriy yilning 20 may kuni soat 12.00 larda Xondoyliq qishlog‘ida yashovchi, Bo‘stonliq qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji 2-bosqich o‘quvchisi Z.U. (1999 yilda tug‘ilgan) tengdoshiga tan jarohati yetkazdi.

Toshkent viloyati IIB tomonidan xabar berilishicha, o‘zaro janjal oqibatida Xondoyliq qishlog‘ida yashovchi Toshkent avtomobilchilar kasb-hunar kolleji 2-bosqich o‘quvchisi Sh.T.ni (1999 yilda tug‘ilgan) osh pichog‘i bilan o‘ng tomon bel sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi shifoxonaga murojaat qilgan.

Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bobur Jalolov

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘smir yigit, o‘z tengdoshi, pichoqladi, Bo‘stonliq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя