Главная » 2021 » Апрель » 27 » Bog‘cha tarbiyachilari va maktab o‘qituvchilarini emlash boshlandi
23:46

Bog‘cha tarbiyachilari va maktab o‘qituvchilarini emlash boshlandi


Toshkent shahrida 27-apreldan bog‘cha xodimlari va maktab o‘qituvchilarini ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan emlash boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ulug‘bek Egamberdiyev ma’lum qildi.

«Toshkent shahridagi 83 ta emlash punktida bugungi kunga qadar 37 ming 763 nafar 65 yoshdan yuqori hamda tibbiyot xodimlari emlandi. Ulardan 18 ming 980 nafari 65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolar, 18 ming 883 nafari esa tibbiyot xodimlarini tashkil etgan. Bugun, 27 apreldan boshlab Toshkent shahri bo‘yicha xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan nafaqat 65 yoshdan yuqori va tibbiyot xodimlari, balki maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari, maktab o‘qituvchilari hamda surunkali kasalligi bo‘lgan boshqa fuqarolarni ham emlash boshlandi», – deydi Ulug‘bek Egamberdiyev.

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, 28-apreldan poytaxt aholisining 65 yoshdan oshgan qatlamini O‘zbekistonga olib kelingan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlash boshlanadi. Emlash bepul amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 1-apreldan 65 yoshdan katta shaxslar va tibbiyot xodimlarini koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy ZF-UZ-VAC2001 va AstraZeneca vaksinalari bilan emlash jarayoni boshlangan edi. 26-aprel holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha 565 mingdan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi emlangan. Iyun oyi oxirigacha 4 millionga yaqin, yil oxirigacha 7 million aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: emlash, o‘qituvchilarini, tarbiyachilari, Maktab, bog‘cha | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя