Главная » 2020 » Ноябрь » 7 » «Bojxonachining uyidan 311 ming dollar chiqdi, bu hali hammasi emas» – Bosh prokuror
14:55

«Bojxonachining uyidan 311 ming dollar chiqdi, bu hali hammasi emas» – Bosh prokuror


Nig‘matilla Yo‘ldoshev yig‘ilishda huquqni muhofaza qilish faoliyatidagi korrupsiya holatlarini alohida tilga oldi.

O‘tgan ikki yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 318 nafar xodimi jinoiy qilmishlari uchun javobgarlikka tortilgan.

Masalan, «Ark buloq» bojxona posti boshlig‘i J. boshchiligidagi bir guruh bojxona xodimlari pora evaziga turli sub’yektlar tomonidan import qilingan tovarlar qiymatini pasaytirib ko‘rsatib, davlat manfaatlariga qariyb 9 mlrd. so‘m zarar yetkazgan.

Tergov jarayonida J.ning uyida o‘tkazilgan tintuvda, pora sifatida olingan 311 ming dollar naqd pullar olingan.

Bundan tashqari, jinoiy yo‘l bilan topilgan pullar evaziga Bo‘stonliq tumanida 8 sotixli dala hovli qurganligi, «Toshkent siti» majmuasidan 2 ta xonadon va 1 ta noturar joy hamda «Kaptiva» avtomashinasini sotib olganligi aniqlangan.

Hozirda J. va sheriklari sud oldida javob bermoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bu hali hammasi emas, Bojxonachining, uyidan, Bosh prokuror, dollar chiqdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя