Главная » 2017 » Сентябрь » 1 » Boks, JCh–2017: Oltin medallar sari kurash davom etadi - Jasurbek Latipov uchinchi finalchimiz
21:44

Boks, JCh–2017: Oltin medallar sari kurash davom etadi - Jasurbek Latipov uchinchi finalchimiz


Germaniyaning Hamburg shahrida o'tayotgan AIBA shafeligi ostidagi har ikki yilda bir marta tashkillashtiriladigan boks bo'yicha jahon chempionatining yarimfinal uchrashuvlari ikkinchi kuni boshlandi.

52 kg.gacha bo'lgan yarimfinal janglarida hamyurtimiz Jasurbek Latipov janubiy koreyalik Kim In-Kyuga qarshi ringga ko'tarildi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi.

Narigi yarimfinal juftligida kubalik Yosvani Veitia rossiyalik Tamir Galanovni 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi.

Demak, 2 sentabr kuni Jasurbek Latipov – Yosvani Veitia ishtirokidagi final jangiga guvoh bo'lamiz.

Bugun bizni hamyurtlarimiz ishtirokida yana ikki yarimfinal jangi kutib turibdi:

69 kg. Yarimfinal. 1 sentabr. 22:00

Shahram G'iyosov (O'zbekiston) - Ablayxan Jussupov (Qozog'iston)

Narigi juftlik:

Abbas Barau (Germaniya) - Roinel Iglesias (Kuba)

81 kg. Yarimfinal. 1 sentabr. 22:45

Bektemir Meliqo'ziyev (O'zbekiston) - Joi Uord (Irlandiya)

Narigi juftlik:

Xulio Sezar La Kruz (Kuba) - Karlos Andres Mina (Ekvador)

 


Manba: "kun.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Boks, davom, sari, etadi, kurash, Latipov, uchinchi, finalchimiz, JCh–2017: Oltin medallar, Jasurbek | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя