16:59 Bola koronavirus yuqtirib olmasligi uchun nimaga e’tibor qaratish kerak? Mutaxassisdan eng oddiy tavsiyalar | |
O‘zbekistonda bolalarning koronavirusga chalinishi bilan bog‘liq holatlar ortib bormoqda. Kuni kecha Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 11 yashar bolaning ushbu virus sabab vafot etishi ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Koronavirusni yuqtirib olmaslikda esa immunitetni ko‘tarish muhim o‘rin tutadi. Xo‘sh, bolalar immunitetini ko‘tarish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Bu haqdagi savolga koronavirusga qarshi shtab a’zosi Barno Abdusamatova javob berdi. Uning qayd etishicha, maktab o‘quvchilaridagi immunitet zaifligiga ko‘pincha vitaminlar tanqisligi, yomon uyqu va doimiy psixologik stress sabab bo‘ladi. Vitaminlar tanqisligini to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil qilish yo‘li bilan oldini olish mumkin.
Bolalar yodlangan tuzni doimiy iste’mol qilishi kerak. Shuningdek, suv ichish rejimiga amal qilish ham muhim ahamiyatga ega. Taomlar esa vitaminlarga boy bo‘lishi shart.
Mutaxasislarga ko‘ra, kichik maktab yoshidagi bola kechqurun soat 21:00da yotishi va ertalab soat 7:00da turishi kerak. Kattaroq o‘quvchilar keyinroq, soat 22:00da yotishlari mumkin. To‘liq kunlik dam olish immunitetga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uyqu paytida bola organizmidagi metabolizm tezroq bo‘ladi, shuning uchun bolalar bu soatlarda yaxshi o‘sadi. Qolaversa, uydagi ijobiy psixologik mikroiqlim bolalar salomatligining muhim shartidir. Maktab o‘quvchisining psixologik holatini barrqarorlashtirishning eng yaxshi usullari bu do‘stlar bilan yaxshi muloqotda bo‘lish, sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish, ota-onalar bilan film tomosha qilish, o‘yin o‘ynash va sayohat qilish kabilardir. Xulosa qilib aytganda, maktab o‘quvchilarini immuniteti oshirish uchun to‘g‘ri ovqatlanish, vaqtida uxlash, kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish va ular bilan dustona munosabatda bo‘lish muhim o‘rin tutadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|