Главная » 2020 » Декабрь » 10 » Bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarga IIV munosabat bildirdi
11:39

Bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarga IIV munosabat bildirdi


«Yurtimiz bo‘ylab bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgan»ligi to‘g‘risidagi yolg‘on ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda, deyiladi IIV axborot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, ushbu ma’lumotlar haqiqatdan yiroq.

«Shuningdek, yurtimiz bo‘ylab harakatlanib yurgan va voyaga yetmaganlarga qiziqish bildiruvchi jinoiy guruhlar paydo bo‘lganligi haqidagi xabarlarda ham asos yo‘q.

IIV asossiz ma’lumotlarni tarqatib, vahima uyg‘otayotgan kimsalarning shaxslarini aniqlash bo‘yicha chora ko‘rmoqda.

Hurmatli fuqarolar, sizdan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz. Vahima va mish-mishlar manbai bo‘lib qolmang.

Agarda sizda biror-bir ma’lumot bo‘lsa, ichki ishlar organlari bilan bog‘lanib, uni aniqlashtirib oling», deyiladi xabarda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘g‘rilari, munosabat bildirdi, Bola, IIV | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя