Главная » 2021 » Август » 29 » Bola uyqusizligining asosiy sabablari va chorasi
23:55

Bola uyqusizligining asosiy sabablari va chorasi


Bola tunda yaxshi uxlamasa, kechasi yig‘lab uyg‘onadi. Bundan onalar xavotir olishlari tabiiy. Buning bir qancha sabablari bor.

  1. Ochlik;
  2. Kunduzi to‘yib uxlash;
  3. Tish chiqishi;
  4. Bola uxlashi uchun sharoit yo‘qligi (shovqin, yorug‘lik yoki noqulay kiyim);
  5. Tibbiy muammolar (allergiya, infeksiyalar va boshqalar).

Bolaning kun tartibi qanday bo‘lmog‘i lozim?

Agar bola tunda tez-tez uyg‘onsa, demak, uning kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish kerak. Uni har kuni bir xil vaqtda uxlatish, uyg‘otish, ovqatlantirish va cho‘milish tavsiya etiladi.

Agar siz har kuni tartibga rioya qilsangiz, bolaning miyasi bunga moslasha boradi.

Uyquni me’yorlashtirish kerak

  1. Kechki payt bolani shovqinli o‘yinlar o‘ynashi, televizor ko‘rishidan cheklang va xona chiroqlarini o‘chiring. Farzandingiz qo‘rqmasa albatta.
  2. Bolani uyqudan avval cho‘miltiring, ovqatlantiring va ertak aytib bering.
  3. Qulay kiyimlarini kiydiring.

Bola sog‘lom ulg‘ayishi uchun uning har bir xatti-harakati va albatta kun tartibiga alohida e’tibor qarating. Bu uning ham aqlan, ham jismonan rivojlanishi uchun poydevor vazifasini o‘taydi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Bola, Uyqusizlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя