Главная » 2017 » Июль » 20 » Bolada gijja borligining alomatlari
17:05

Bolada gijja borligining alomatlari


Bolalarda gijjalar paydo bo‘lishi eng katta xavf-xatarlardan biridir. Organizmda bunday parazitlarning paydo bo‘lishi bolaning rivojlanishiga yomon ta’sir ko‘rsatishidan tashqari, ovqat hazm qilish tizimida ham namoyon bo‘ladi.

Shifokorlarning hisob-kitobiga ko‘ra, har 10 bolaning 8 nafarida parazitlar aniqlanadi. Lekin gijjalarning alomatlari hammada ham namoyon bo‘lavermaydi. Ko‘pchilik bolalarda gijjalar yashirin shaklda paydo bo‘ladi.

Gijjalar bola organizmiga qanday tushadi?

Bolalarda me’da-ichak yo‘llari mutlaqo himoyasiz bo‘lgani uchun, uning bu sohadagi ta’sirlarga duchor bo‘lish va yuqtirish imkoniyati kattaroq bo‘ladi.

Bakteriyalarning bola organizmiga tushishi asosiy variantlari: uy hayvonlari, sifatsiz oziq-ovqatlar (go‘sht, baliq, sut, sabzavotlar va boshqalar) orqali. Shuningdek, asosiy sabab – bolaning shaxsiy gigiyenasi buzilishi.

Bolalarda gijjalar paydo bo‘lgani alomatlari

ko‘ngil aynishi

so‘lak ajralishi

kindik atrofidagi og‘riqlar

ich kelishining izdan chiqishi

tez charchab qolish

tez-tez bosh og‘rishi

uyqusida tishini g‘ijirlatishi

bezovta uyqu

dermatit ko‘rinishidagi teri reaksiyalari

Bu masalada bolaning va uning oilasidagi boshqa a’zolarning shaxsiy gigiyenaga rioya qilishi juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun bu sizning kun tartibingizdagi eng muhim ishlardan biri bo‘lishi lozim.

Shuningdek bolaning uy hayvonlari bilan bo‘lgan aloqasini cheklash ham juda muhim hisoblanadi va agar bunga yo‘l qo‘yilsa, unda bunga o‘xshash aloqalardan keyin gigiyena qoidalariga rioya qilish juda muhim.

Manba: “Deti.mail.ru”


Manba: "daryo.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: gijja, Bola, borligi, alomatlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя