Главная » 2020 » Март » 7 » Bolani boshqa bolalar bilan qiyoslash yomonmi?
22:57

Bolani boshqa bolalar bilan qiyoslash yomonmi?


Bizni ham boshqa bolalar bilan solishtirishgan, biz ham solishtiramiz. Boshqalar bilan o‘zlarini qiyoslash — bolalarga yaxshi ta’sir qiladi, ularning yaxshi taraflarini o‘rganadi, deb o‘ylaymiz.

Xo‘sh, bolalarni boshqa bolaga qiyoslashning yomon taraflari ham bormi? Buning bir qancha salbiy jihatlari ham bor:

1. Bola o‘zini keraklicha yaxshi ko‘rilmagan his qiladi, xafa bo‘ladi. Buni o‘zimiz misolimizda ham ko‘rishimiz mumkin. Agar turmush o‘rtog‘imiz bizga boshqa odamning turmush o‘rtog‘ini misol qilib ko‘rsatsa, albatta jahlimiz chiqadi. Qiyoslangan odamni yomon ko‘ra boshlaymiz, turmush o‘rtog‘imizga esa “o‘sha odam bilan oila quring” unday bo‘lsa degimiz keladi. Bolalarda ham xuddi shunday...

2. Bolani doimiy boshqalar bilan o‘zini qiyoslashga odatlantirib qo‘yasiz. Albatta, bu yomon, chunki bolalarning qobiliyati xar xil. Biz doim kimdandir qandaydir masalada ustun, qandaydir masalada noqismiz. Bolalar — o‘zidan kuchlilar bilan o‘zlarini qiyoslab, o‘ziga ishonchini yo‘qotadi yoki aksincha, g‘ururlanib ketishi mumkin.

3. Doimiy qiyoslangan bola o‘zi kim ekani, nimalar xohlashini unutib qo‘yishi mumkin. Ya’ni, eng sevimli kishilari — ota-onasi xohlagan odamga o‘xshashga bo‘lgan xohish bolani o‘zi qanday ekani, nima xohlashini unuttirib qo‘yishi mumkin. Natijada farzandingiz o‘zga odam hayotini yashab, baxtli bo‘la olmay qolishi mumkin.

4. Qiyoslash o‘zingizga ham zarar keltirishi mumkin. Bola kichkina yoshida xafa bo‘ladi, lekin hech narsa demaydi. Katta yoshdagi bola esa, o‘zingizga xuddi shunday javob qaytarishi mumkin. Ya’ni, kimningdir ota-onasi bilan sizni qiyoslaydi. Ota-onalar va imkoniyatlar ham har xil, sizdan imkoniyati, bolalari uchun vaqti ko‘plari bilan qiyoslanishingiz ko‘nglingizni og‘ritadi. Siz ular uchun boringizni bersangiz-u, ular boshqalarni gapirsa...

Qiyoslanishi mumkin bo‘lgan shaxs — Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam va u zotning sahobalaridir. Payg‘ambarimiz alayhissalomning go‘zal hayotlari biz uchun komil musulmon bo‘lib, chiroyli hayot kechirishimizga eng munosib namunadir.

Keyingi safar farzandingizni tanqid qilmoqchi bo‘lsangiz, ehtiyot bo‘ling! Boshqalarning yaxshiligini emas, farzandingizdan nega xafa ekaningizni, agar siz xohlaganday bo‘lsa, xursand bo‘lishingizni ayting.


Manba: "sof.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя