Главная » 2020 » Январь » 6 » Bolani o‘z-o‘zini himoya qilishga o‘rgating
23:37

Bolani o‘z-o‘zini himoya qilishga o‘rgating


Har bir ota-ona farzandini bezorilardan o‘zini o‘zi himoya qilishga o‘rgatgani ma’qul.  Buning uchun dastlab yolg‘iz o‘zi ko‘chada sayr qila oladimi, transportda yura oladimi, shuni aniqlab olish muhim. Undan keyin o‘z tumani, uy manzili, uy va ota-onasining mobil telefoni raqamini, begona odamlar bilan muloqot qilish sirlarini bilishi kerak bo‘ladi. Zarur holatlarda o‘zini himoya qilishni ham o‘rgatish kerak.  

O‘z-o‘zini himoya qilishga o‘rgatish nimadan boshlanadi?

1.  Bolani biron-bir sport turiga berish lozim. Aynan yakkakurash bo‘lishi shart emas. Sport bolada mustahkam sog‘liq, tanasida pishiq-puxtalik va o‘ziga ishonchni tarbiyalaydi. 
2.   Bolani ko‘chada uchrashi mumkin bo‘lgan xavflardan ogoh qilish lozim. Qo‘rqitish emas, tushuntirish muhim.
3.  Shunday paytlarda yonidagi telefon asqatishini, o‘zini yo‘qotmasdan ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilishi kerakligini bilgani yaxshi. Har qanday yumush bilan band bo‘lsa-da, farzand qo‘ng‘iroq qilayotganda, bir lahzaga ham kechiktirmasdan, darrov javob berish kerak.  
4.  Begona odam bu – o‘zi  ham, ota-onasi ham bilmaydigan kishi ekanligini va begonalar bilan, ular qanchalik harakat qilmasin, mutlaqo gaplashmaslik kerakligini uqtiring.   
5.  Favqulodda holatlarda kimlarni yordamga chaqirish mumkinligini, yordam beruvchilar militsiya xodimlari, agar ular bo‘lmasa, supermarket qo‘riqchilari, do‘konlarning g‘aznachi (kassir)lari, dorixona xodimlari bo‘lishi mumkinligini tushuntirib qo‘ying. 
6.  Agar eplay olsangiz, bolaga uy sharoitida o‘zini himoya qilish usullarini o‘rgating. Biroq buni boshqalar ustidan hukm o‘tkazish, kuch ishlatish uchun qo‘llamasligini uqtiring, buni qattiq nazoratga oling. Negaki, bola tengqurlari bilan tortishib qolganda ularni bilib-bilmay jarohatlab qo‘yishi mumkin. 


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя