Главная » 2020 » Июль » 3 » Bollivud aktyorlarining o‘ziga quyib qo‘ygandek o‘xshaydigan qizlari (foto)
15:55

Bollivud aktyorlarining o‘ziga quyib qo‘ygandek o‘xshaydigan qizlari (foto)


Quyidagi yulduzlarning qizlarni ko‘rib, ularning otasiga ikki tomchi suvdek o‘xshashini payqash qiyin emas.

Shohruh Xon va qizi Suxana

Bollivud qiroli Shohrux Xon nafaqat mahoratli aktyor, balki oilaparvar inson ekani bilan ham muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Rafiqasi Gauri bilan salkam 30 yildan buyon baxtli hayot kechirayotgan aktyorning ikki o‘g‘li va bir qizi bor. Shohrux Xonning farzandlari, xususan, qizi Suxana otasiga ikki tomchi suvdek o‘xshaydi. 20 yashar Suxana ham otasining izidan borishni afzal bilgan chog‘i teatrlarda rol ijro qilib o‘z iste’dodini namoyon qilib keladi.

Amitabh Bachchan va qizi Shveta

Hind kinosanoatining tirik afsonasi Amitabh Bachchanning qizi Shvetaning tashqi ko‘rinishi otasiga juda ham o‘xshaydi. Ko‘rinishi o‘xshagani bilan ota va qizning kasb borasidagi tanlovlari bir-biridan farq qiladi. Ota-onasi yulduz ekani sabab barcha hind kinosining eshiklari ochiq bo‘lishiga qaramay, Shveta aktrisa bo‘lishni istamay dizaynerlikni tanlagan.

Ajay Devgan va qizi Nisa

Yulduzli juftlik Ajay Devgan va Kajolning bir o‘g‘il va qizi bor. Muxlislar aktyorning qiz farzandi Nisuning otasiga quyib qo‘ygandek o‘xshashini ta’kidlashadi. Ularning suratiga nazar tashlab esa o‘xshatish bejiz emasligini bilish mumkin.

Chanki Pandey va qizi Ananya

Aktyor Chanki Pandeyning 21 yashar qizi Ananya ota kasbini tanlagan. Uning tashqi ko‘rinishiga nazar tashlab, nafaqat tanlovi, balki qiyofasi ham otasiniki singari ekanini bilish mumkin.

Sunil Shetti va qizi Atya

Aktyorning qizi Atyaning ko‘rinishi va aqlliligi otasiga o‘xshaydi.

Akshay Kumar va qizi Nitara

Yoshligida Bollivudning deyarli barcha aktrisalari bilan uchrashgan aktyor turmush o‘rtoq sifatida Tvinkl Khannani tanlagan. Akshay Kumar 45 yoshida qizli bo‘lgan, unga qadar birgina o‘g‘li bo‘lgan. Qizi Nitara otasiga quyib qo‘ygandek o‘xshaydi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: (Foto), o‘ziga quyib qo‘ygandek o‘xshaydiga, Bollivud aktyorlarining, qizlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя