Главная » 2020 » Сентябрь » 8 » Bollivud monopolisti — Karan Johar “sindirmoqchi” bo‘lgan hind yulduzlari
14:37

Bollivud monopolisti — Karan Johar “sindirmoqchi” bo‘lgan hind yulduzlari


Prodyusser, rejissor Karan Johar nomi hind kinosevar muxlislariga yaxshi ma’lum. Esda qolarli filmlarni suratga oladigan, yangi iste’dodlarni kashf qiluvchi inson sifatida ta’rif berilishiga qaramay, u faoliyati davomida shaxsiy qarashlari yoki tanish-bilishchilik sabab kino olamida o‘z o‘rnini topmoqchi bo‘lgan yosh aktyor va aktrisalarni yo‘liga g‘ov bo‘lgan.

Anushka Sharma

Mashhur bollivudlik jurnalist Radjiv Masandning tok-shousida Karan Johar, bugungi kunda hind kinosanoatida eng muvaffaqiyatli aktrisalardan biri hisoblangan Anushka Sharmaning karyerasiga sabotaj qilmoqchi bo‘lganini ochiqchasiga tan olgan. Karan, 2008-yilda suratga olingan “Tangri yaratgan juftlik” filmidagi bosh qahramonni Anushka gavdalantirishiga qarshi bo‘lgan. Rejissor Aditya Chopra aktrisa suratini ko‘rsatganida u bosh tortgan. Anushkaning tashqi ko‘rinishi yoqmagani sabab Adityaning qaroridan norozi bo‘lgan. Hatto filmni ikkilanib tomosha qilgan. Keyinroq aktrisa mashhurlikka erishganidan so‘ng esa o‘zining “Oshiq qalblar” filmiga taklif qilgan.

Ayushman Kxurana

Ayni vaqtda yosh tomoshabinlar uchun sevimli va ijrosidagi filmlar xit bo‘lgan Ayushman, o‘z mehnati bilan kino olamida o‘rnini topgan iste’dod egalaridan hisoblanadi. Aktyor haqidagi kitobda yozilishicha, bir vaqtlar u ham Karandan ish so‘ragan, bunga javoban Joxar prodyusserlik uyining telefon raqamini bergan. Aktyor telefon qilganida esa javoban, ochiqchasiga kompaniya faqat yulduzlar bilan ishlashi va Ayushman ularga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum qilingan.

Priyanka Chopra

Nafaqat Bollivud, balki Gollivudda ham suratga tushishga muvaffaq bo‘​lgan Priyanka eng talabgir aktrisalardan sanaladi. Ammo u ham bir vaqtlar Karan tomonidan chetga surilgan. “Don” filmining ikkinchi qismi loyihasi ustida ishlanayotgan bir vaqtda Shoxruh Xon va Priyanka o‘rtasidagi munosabatlar haqida mish-mish tarqalgan. Bollivud qirolining rafiqasi Gauri, kinosanoatdagi do‘stlari, xususan, Karanni ishga solib, Chopra xonimni Bollivuddan siqib chiqarmoqchi bo‘lgan. Ushbu urinish samarasiz, ammo Priyanka uchun ijobiy bo‘lgan. Gollivudda o‘zini sinab ko‘rinishga qaror qilgan aktrisa Amerikada turmush o‘rtog‘i Nik Jonas bilan tanishgan.

Sushant Singx Radjput

Marhum Sushant ham kinosanoatda o‘rnini topishi oson bo‘lmagan. Qolaversa u ham ijodining boshida Karan Joxarning to‘sqinligiga uchragan. U bir vaqtlar Karan bilan tortishib qolgan va shundan keyin bir qancha yirik prodyusserlar u bilan ishlashdan bosh tortgan. Bir qancha loyihalardan quruq qolgani aktyorning o‘z joniga qasd qilganining sabablaridan biri bo‘lsa ajab emas.

Kangana Ranaut

Kangana cho‘rt kesar, laganbardorlik qila olmaydigan, to‘g‘ri so‘z ijodkor sifatida yaxshi ma’lum. U Karan Joxarni tanish-bilishchilikda ochiqchasiga ayblagan, Karan bunga javoban aktrisaning imijiga putur yetishi uchun qo‘lidan keladigan hamma narsani qilgan. Filmlaridan bironta ham rol bermagani uchun Kangananing achchiqlanayotganini ma’lum qilgan. Ranaut uch karra milliy kinomukofotni qo‘lga kiritgan va hozirda rejissor va prodyusser sifatida ham faoliyat olib boradi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: sindirmoqchi, Karan Johar, HIND, yulduzlari, monopolisti, Bollivud | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя