Главная » 2020 » Июль » 14 » Bollivud yulduzlarida kino olamiga qiziqish uyg‘otgan filmlar
13:20

Bollivud yulduzlarida kino olamiga qiziqish uyg‘otgan filmlar


Aktyorlarning shou-biznesga qadam qo‘yishiga qandaydir turtki sababchi bo‘ladi. Kimlardir oilaviy an’analarni davom ettirgan holda, oila a’zolarining kasb yo‘lini tanlasa, ba’zilar film va kumirlari ijodidan ta’sirlanib faoliyatini san’at bilan bog‘lashni istaydi. E’tiboringizga film tomoshasi hamda sevimli qahramoni ijrosidan ta’sirlanib, ijod qilishni boshlagan aktyor va aktrisalar haqida ma’lumot havola etamiz.

Karina Kapur

Karina Kapur Bollivud afsonasi Shridevining muxlisi. Kapur xonim, Shridevining hayot yo‘lida ko‘tarilish va tushishlar bo‘lgan taqdirda ham sinib qolmaganiga lol qoladi va shu bois ham uni tengsiz deb hisoblaydi. U ijrosidagi “Xiyla” filmidan ilhomlangan Karina, aktrisaning o‘zini tutishi, qiyofasi, qo‘shiq kuylashi, xullas, hamma-hammasi qoyilmaqom bo‘lgan deb e’tirof etadi. Rol ijrosi davomida uning jozibasi, uzun kipriklari, makiyajiga maftun qolmay iloj yo‘q, deydi Karina.

Amitabx Bachchan

“Men sahnada bo‘lishni yoqtirganman, lekin filmlar meni ilhomlantirmagan shunchaki qiziqish uyg‘otgan. ‘Qog‘oz gul’, ‘Tashnalik’ filmlari katta taassurot qoldirgan, ‘Rampa olovlari’ filmining tomoshasidan keyin bir necha hafta uxlolmaganman, Dilip Kumar suratga tushgan ‘Ganga va Jamna’ filmi ham o‘ziga yarasha taassurot qoldirgan”, — deydi aktyor.

Shabana Azmi

Shabananing aktrisa bo‘lishiga onasi Shaukat Kaifi sababchi bo‘lgan. Onasi uning bolaligida choyshabga o‘rab, Pritxvi teatridagi repetitsiyaga o‘zi bilan birga olib ketgan. Shabani uch yoshida ilk marta keyin esa maktab va kollejda sahnada chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan keyin muqaddas Ksavyer kollejida Jaya Bxaduri rol ijro qilgan filmni tomosha qilganini, uning ijrosidan hayratda qolgani va buning ta’sirida Punadagi Kino va televideniye institutida o‘qishga qaror qilganini bildiradi.

Vidya Balan

Vidya Balan, “Anglash” filmidagi sahnalar, dialoglar, ijro va qo‘shiqlardan ta’sirlangan va ularni yoddan biladi. Ayniqsa, Pudja (Shaban Azim) va Kavita (Smita Patil)ning telefondagi suhbati Vidyaning eng sevimli sahnasi hisoblanadi.

Irfon Xon

Irfon Xonning oila a’zolari film tomosha qilishiga ruxsat bermagan. Keyinchalik esa, Dilip Kumar ijrosidagi “Yangi asr” filmi katta taassurot qoldirganini, rejissor Nasiruddin Shahning har bir filmidan o‘ziga nimadir olganini ma’lum qilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: qiziqish uyg‘otgan, Bollivud yulduzlarida, filmlar, kino olamiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя