Главная » 2020 » Август » 13 » Bollivudning “eng bezori” aktyori saratonga chalindi
21:18

Bollivudning “eng bezori” aktyori saratonga chalindi


Mashhur Bollivud aktyori Sanjay Datt avgust oyining boshida koronavirusga shubha qilinib kasalxonaga yotqiziladi. Biroq, test manfiy natijani ko‘rsatadi.

Shifokorlar Sanjayni kasalxonada qoldirishadi va bir necha kundan keyingina to‘g‘ri tashxis qo‘yishga muvaffaq bo‘lishadi.

Aktyorning ahvoli haqida menejeri Komal Naxta ma’lum qildi, deb yozadi «Joinfo.ua».

Uning yozishicha, Sanjayga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgan.

Tarmoqda Sanjay davolanishni AQShda davom ettirish uchun yaqin kelajakda ushbu mamlakatga borishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot mavjud. Ta’kidlanishicha, vaziyat koronavirus pandemiyasi sabab yanada jiddiylashmoqda. Vaholanki, ma’lumotlarga qaraganda, agar aktyor COVID-19 bilan kasallansa, infeksiyadan omon qolmasligi mumkin.

O‘z navbatida, aktyor muxlislaridan tashvishlanmasliklarini so‘radi, chunki yonida oilasi va yaqin do‘stlari bor, ular har doim Sanjayni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Aktyor, shuningdek, barchaga minnatdorchilik bildirdi va tez orada ishga qaytishga va’da berdi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Bollivudning, “eng bezori”, saratonga chalindi, aktyori | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя