Главная » 2020 » Июнь » 14 » Bollivudning taniqli aktyori o‘z uyida osilgan holda topildi
22:11

Bollivudning taniqli aktyori o‘z uyida osilgan holda topildi


14-iyun kuni Bollivudning taniqli aktyorlaridan biri Sushant Singh Rajput o‘zining Mumbay shahridagi uyida o‘lik holda topildi. Bu haqda Hindiston ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Qayd etilishicha, 34 yoshli aktyor o‘z joniga qasd qilgan. U so‘nggi paytda tushkun kayfiyatda bo‘lgan.

Sushant 2013-yilda suratga olingan “Hayotimdagi uchta xato” (Kai Po Che) filmidagi ishtirokidan so‘ng mashhurlik qozongan edi. Film ekran yuzini ko‘rgach, Sushant taniqli rejissorlar e’tiboriga tushgan. Sushant teleseriallarda faol suratga tushar edi.

Sushant Singh o‘zbek tomoshabinlariga “Pikey” (PK), “Drayv” (Drive), “M.C.Dhoni: So‘zlab berilmagan hikoya” (M.S. Dhoni: The Untold Story) kabi filmlardagi rollari bilan yaxshi tanish.

Bollivud qiroli Shohruh Xon marhum aktyorning yaqinlariga ta’ziya bildirdi.

“U meni juda yaxshi ko‘rardi. Men uni juda sog‘inaman. Undagi energiyani, hayotga tashnalikni hamda uning baxtga to‘la tabassumini. Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin! Uning yaqinlariga ta’ziyamni izhor etaman. Bu juda qayg‘uli va kutilmagan holat”, — deb yozadi aktyor.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Bollivudning, taniqli aktyori, osilgan holda topildi, o‘z uyida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя